среда, 12 мая 2021 г.
15-may Xalqaro Oila kuni munosabati bilan "Oila Muqaddas dargoh" nomli davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman Axborot -kutubxona markazida 15-may Xalqaro Oila kuni munosabati bilan "Oila Muqaddas dargoh" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumining faol kitobxonlari va 2-maktabning 7-sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida Xalqaro oila kuni haqidagi turli ma'lumotlardan so'ng o'quvchilar tomonidan Ulug' adibimiz Abdurauf Fitratning Oila kitobidan parchalar keltirib o'tishdi. Suhbat davomida 2-maktabning 7-sinf o'quvchisi O'ktamov Behruz Oila nomli she'rini o'qib berdi. Salomatlik texnikumining 114-guruh talabasi Rustamov Umidjon o'zining oila to'g'risidagi ajoyib fikr mulohazalari bilan tengdoshlari olqishiga sazovor bo'ldi.Davra suhbati so'ngida "Oilam bilan har kun bir hayot darsi o'rganamiz" nomli tarbiya kitobi Butunboyeva Yulduz tomonidan sharxlab berildi.
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)

Комментариев нет:
Отправить комментарий